“Chorvoq” atrofidagi yerlarda chorva mollarini boqish taqiqlanadi
Jamiyat
−
09 avgust 2021
5468O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chorvoq suv ombori atrofidagi tog‘ va tog‘oldi hududlarda o‘simlik qoplamining qisqarishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan quyidagi takliflarga rozilik berildi:
- Chorvoq suv ombori atrofi va unga tutash hududlardagi barcha toifadagi yerlarda o‘rmon bilan qoplangan va o‘rmon barpo qilish mumkin bo‘lgan maydonlarni xatlovdan o‘tkazish, xatlov natijasi asosida belgilangan tartibda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni o‘rmon fondi yerlari toifasiga o‘tkazish hamda chorva mollarining boqilishini taqiqlash;
- Chorvoq suv ombori atrofi va unga tutash hududlarda yerlar degradatsiyasining oldini olish, kuchli shamol va changli bo‘ronlar ta’sirini yumshatuvchi ihota daraxtzorlarini barpo etish;
- geoaxborot texnologiyalari, shu jumladan, yerni masofadan zondlash va kosmik monitoring texnologiyasini keng joriy etgan holda, o‘rmon fondining hayotiy davri haqidagi aniq va doimiy ma’lumotlarni tahlil qilish, o‘rmon fondi degradatsiyasi va o‘rmonlarning noqonuniy kesilishini aniqlash va nazorat qilish tizimini yo‘lga qo‘yish;
- aholi yashaydigan va maxsus turistik zona hisoblangan tog‘ va tog‘ oldi hududlarida tabiiy omillar ta’sirini yumshatish, yerlar degradatsiyasining oldini olish, o‘simlik va hayvonot dunyosi muhofazasi va ularni qayta tiklash bo‘yicha ilmiy yechimlarni aniqlash hamda yangi texnologiyalarni joriy qilishga qaratilgan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni tanlov asosida tashkil etish.
LiveBarchasi