“Chorsu”ni oladigan mard yo‘q. Savdo markazi narxi arzonlashtirildi
Jamiyat
−
28 avgust 2020
10780Avvalroq, "Chorsu" savdo markazi sotuvga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik. Markaz 303,5 mlrd so‘m miqdoridagi boshlang‘ich narxda auksionga qo‘yilgandi.
Aftidan, bu narxda talabgorlar bo‘lmagani uchun oradan 3 oy o‘tib, savdo markazi binosi pasaytirilgan narxda yana savdoga qo‘yildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, "Chorsu" savdo markazi boshlang‘ich narxi o‘n foiz (30,35 mlrd so‘m)ga pasaytirilgan holda 273,15 mlrd so‘m narxda “E-Auksion” savdo maydonchasiga qayta qo‘yildi.
Ma’lumot o‘rnida, "Chorsu" savdo markazi Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan. Markaz shaharning aholi gavjum bo‘lgan qismlaridan biri hisoblanadi.
LiveBarchasi