“Chorsu” bozorida yirik yong‘in yuz berdi

Jamiyat

image

20 iyuldan 21 iyulga o‘tar kechasi Namangan shahrida joylashgan “Chorsu” bozorida mudhish yong‘in sodir bo‘ldi. 

Ichki ishlar vazirligidan xabar qilishlaricha, 21 iyul kuni soat 01:38 larda Uychi ko‘chasida joylashgan “Chorsu” dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida dehqon bozorida yonma-yon joylashgan dorixona, sartaroshxona va parfyumeriya mahsulotlari savdo do‘konlarining 200 kv metr maydoni hamda non rastasining 600 kv metr maydoni yonib zarar ko‘rgan. 

Yong‘in elektr simlarini qisqa tutashuvidan kelib chiqqani aytilmoqda.

Ushbu do‘konlar atrofida bo‘lgan «Moskvich-412» rusumli avtomobil ham yonib ketgan.

Yong‘in oqibatida qurbon bo‘lgan va jarohatlanganlar yo‘qligi aytilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Chorsu bozori

Baholaganlar

117

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar