Chiroqchidagi 32 ta mahalla yangi tumanga o‘tkaziladi
Jamiyat
−
22 noyabr 2021
6640Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hududidagi 32 ta mahalla fuqarolar yig‘ini Prezident tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Ko‘kdala tumani tarkibiga o‘tkaziladi. Bu haqda Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining tegishli qarorida keltirilgan.
Qarorga ko‘ra, Chiroqchi tumanidagi “Ayritom”, “Baxt”, “Beglamish”, “Ko‘kdala”, “Qanotli”, “Naymansaroy”, “Oltin boshoq”, “Oltin dala”, “Paxtalisoy”, “Soybo‘yi”, “Taloqtepa”, “Toshli”, “Umakay”, “O‘tamayli”, “Xarduri”, “Xo‘jaobod”, “Xushali”, “Chorvador”, “Sho‘rbozor”, “Sho‘rquduq”, “Eski anxor”, “Torjilg‘a”, “Guliston”, “Annaruz”, “Zum”, “G‘allakor”, “Qumdaryo”, “Suvliq”, “To‘qmor”, “Uymovut”, “Chiyal” va “Chuvulloq” mahalla fuqarolar yig‘inlari yangi tashkil etilayotgan Ko‘kdala tumani tarkibiga o‘tkaziladi.
Ma’lumot o‘rnida, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 11 oktyabr kuni Qashqadaryoga qilgan tashrifi chog‘ida Chiroqchi tumanini ikkiga bo‘lishni va yangi tumanni Ko‘kdala deb nomlashni taklif qilgandi.
LiveBarchasi