Chirchiq shahriga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
15 mart
9434Bugun, 15 mart kuni Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining qarori bilan Murodjon Abdurahimov Toshkent viloyatidagi Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Murodjon Abdurahimov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida mas’ul vazifada ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Murodjon Abdurahimov 1986 yilda Chirchiq shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2008 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2010 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida magistraturani tamomlagan.
U Qibray tumani “Baytqo‘rg‘on xizmat ko‘rsatish va iqtisodiyot” kasb-hunar kollejida iqtisodiyot fani o‘qituvchisi sifatida mehnat faoliyatini boshlagan.
Shuningdek, Toshkent viloyati hokimligida, keyinroq “O‘zkommunxizmat” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida mutaxassis, bosh mutaxassis, bo‘lim mudiri singari vazifalarda ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Chirchiq shahrining oldingi hokimi Davron Hidoyatov boshqa vazifada ish boshlashi, shu sababdan hokim lavozimidan ketishi xabar qilingandi. U “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlanishi kutilayotgani aytilgandi.