Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov ishdan ketyapti
Jamiyat
−
13 mart
14852Toshkent viloyatidagi Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov lavozimidan ketmoqchi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Hidoyatov o‘z xohishi bilan ishdan ketish bo‘yicha ariza yozgan. U yangi ishga o‘tayotgani aytilmoqda.
Manbaga ko‘ra, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev hali ham Hidoyatovning arizasiga imzo qo‘ymagan. Chirchiq hokimi esa hozirda o‘z vazifasini bajaryapti va bozorlardagi narx-navoni o‘rganyapti.
Ma’lumot uchun, Davron Hidoyatov 1976 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1998 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2001 yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. 2017-2018 yillarda Chilonzor tumani hokimi, 2018-2021 yillarda Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari, 2021 yilning yanvaridan noyabrigacha Toshkent viloyati hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
2021 yilning noyabr oyida viloyat hokimligidan olinib, Chirchiq shahri hokimi lavozimiga tayinlangan.