Chirchiqdagi maktabning poydevori cho‘kib, devorlari yorilib ketdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 4-sonli maktab binosining tashqi devori yorilgani sabab yomg‘ir suvlari poydevorga sizib kirgani haqida xabarlar tarqaldi.  Holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rasmiy izoh berdi.

Qayd etilishicha, ob’ekt foydalanishga topshirilayotganda tekshiruvchilar topgan kamchiliklarni pudratchi to‘liq bartaraf etmagani sababli hozir inspeksiya binoni foydalanishga topshirish bayonnomasini rasmiylashtirmagan.

“Binoning texnik holatiga keladigan bo‘lsak, uning tashqi devoridagi yoriqlar sabab tom qismidan tushayotgan yomg‘ir suvlari binoning poydevor qismiga ketayotgani oqibatida poydevorda cho‘kish yuzaga kelgan. Bugungi kunda yuzaga kelgan yoriqlar pudratchi tomonidan ta’mirlangan. Pudratchiga bahorgi ta’til vaqtida qayta to‘liq ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatma ham taqdim etilgan”, deyiladi vazirlik xabarida.

Bundan tashqari, qurilish ob’ektida 120 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilishi loyihada belgilangan. Ta’kidlanishicha, bosh rejada ko‘rsatilgan hududda ko‘p yillik daraxtlarni kesishning imkoni yo‘qligi sababli qurilish avval belgilangan joydan boshqa yerga ko‘chirilgan. Qurilish jarayonida kiritilgan o‘zgartirishlarga buyurtmachi tomonidan 2020 yil mart oyida bayonnoma rasmiylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing