Chirchiqda o‘qishga kiritish evaziga 2000 dollar olgan kafedra mudiri ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida o‘qishga kiritish evaziga 2000 AQSH dollari olgan kafedra mudiri ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIBBning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chirchiq Davlat pedagogika instituti kafedra mudiri A.N. fuqaro U. ni ushbu institutning Jismoniy tarbiya fakulteti sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib quyish evaziga 4000 AQSH dollari talab qilib, shundan 2000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing