Chirchiqda tut daraxtlarini kesib tashlagan fuqaroga chora ko‘riladi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida fuqaro uch tup daraxtni kesgani uchun javobgarlikka tortiladi. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro uch tup tut daraxti kesib ketilgani bo‘yicha viloyat viloyat ekologik qo‘mitasiga murojaat qilgan. 

Do‘stlik mahallasidagi tut daraxtlarining tepa shoh qismlari elektr energiyasining sim yog‘ochiga tegib turgani aholiga elektr energiyasini yetib borishida noqulayliklar keltirib chiqqargani sababli fuqaro B.Sh. tomonidan o‘zboshimchalik bilan hech qanday ruxsatnomasiz daraxtlar kesib tashlangan.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan dalolatnoma tuzilib, ma’muriy bayyonnoma rasmiylashtirildi.

“Shu o‘rinda fuqarolarga eslatib o‘tmoqchimiz, o‘zboshimchalik daraxtlarni kesmang. Zero, bunday harakatlar sodir etgan huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini unutmang”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing