Chirchiqda “qo‘lda” ko‘p miqdorda dori sotayotgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
07 iyun 2022 5372 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida dori vositalarini dorixonadan tashqarida sotish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurshashi departamenti ma’lum qildi.
Departament va DXX xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.S. dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, 100 quti “Geparen-belmed” va 600 quti “Kleksan” nomli dori vositalarini fuqaro D.ga 134,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr