Farg‘onada hamshiraning kaltaklanishi ortidan jinoiy ish ochildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Farg‘onada ona qizi bilan hamshirani kaltaklagni haqida xabar bergan edik. Kaltaklangan hamshiranng surati ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqalgandi. Farg‘ona viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Unda ta’kidlanishicha, 28 yanvar kuni Farg‘ona shahridagi 2-sonli oilaviy poliklinikada janjal kelib chiqqan.

Farg‘ona shahrida yashovchi 47 yoshli U.A. va uning qizi 27 yoshli G.A. poliklinikada rentgen ko‘rigidan o‘tish vaqtida navbat talashib, hamshiralar 47 yoshli M.T. va 39 yoshli M.M. bilan o‘zaro janjallashib qolishgan. Natijada U.A. qo‘llari bilan hamshira M.T.ning yuziga urib tan jarohati yetkazgan.

Dastlabki tibbiy ma’lumotnomaga ko‘ra, M.T. “yengil” tan jarohati olganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona hamshiraning kaltaklanishi

Baholaganlar

162

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing