Chinozdagi yong‘inning sababi ma’lum bo‘ldi
3-sahifa
−
26 noyabr 2020
16353Bugun, 26 noyabr kuni soat taxminan 11:30 da Toshkent viloyatining Chinoz tumani hududida joylashgan “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli “Paxta neft bazasi”da kelib chiqqan yong‘inga nasoslarda so‘rib olishlari olib borilayotganda uchqun tushgani sabab bo‘lgani taxmin qilinyapti. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, neft bazadagi hozirda bo‘sh turgan 4-sonli 5 ming tonna sig‘imli yoqilg‘i sisternasida yoqilg‘i qoldiqlarini tozalash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Energetika vaziri Alisher Sultonov hodisa ko‘lami va uni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni bevosita o‘rganish hamda tegishli chora ko‘rish uchun zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.
Maxsus nasoslar orqali so‘rib olish ishlari bajarilayotganda chiqqan uchqun ushbu yong‘inga sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Hozirda hodisaning asl sabablari o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yong‘inni to‘liq bartaraf qilishga salkam 7soat vaqt ketdi. Ushbu yong‘inni bartaraf etish uchun Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari safarbar qilingan.
Ushbu yong‘in natijasida jarohatlangan yoki jabrlanganlar yo‘q.