Chinozda Damas radar o‘rnatilgan Nexia-3’ni pachoq qildi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Chinoz tumanida Damas hamda Nexia-3 avtomobillari o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 2 may kuni soat 13:15 larda Toshkent viloyati Chinoz tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 862-kilometrida 1981 yilda tug‘ilgan haydovchi R.A. Damas rusumli avtomobilni boshqarayotib, yo‘lning o‘ng tomonida, yo‘l yoqasida to‘xtab turgan, Toshkent viloyati Qibray tumani IIB YHXB YPX inspektori N.Yuldashevga biriktirilgan "Neksiya-3" rusumli, tezlikni o‘lchovchi moslamalar bilan jihozlangan avtomobilning orqa tomoniga borib urilib, YTH sodir etgan.

Oqibatda Damas rusumli avtomobil haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan. 

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1670

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing