Chinozda bosqinchilik qilib, uydan hech narsa topa olmagan 5 erkak ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyati Chinoz tumanida fuqaroning uyiga bosqinchilik uyushtirib, hech narsa topa olmay, yashiringan 5 nafar erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Joriy yilning 23 may kuni 33 yoshli S.A. Chinoz tumani IIBga ariza bilan qilgan murojaatiga ko‘ra, joriy yilning 21 may kunidan 22 may kuniga o‘tar kechasi soat 01:15 larda noma’lum shaxslar yuzlariga niqob kiygan holda Chinoz tumani Navoiy ko‘chasida joylashgan yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda bostirib kirib, turmush o‘rtog‘i — 33 yoshli S.Z. va uning o‘ziga hujum qilib, urib do‘pposlab, pul berishlarini talab qiladi.

Bosqinchilar uydan hech narsa topa olmaganidan so‘ng hodisa joyidan yashirinadi. Murojaatchi ushbu fuqarolarni aniqlab qonuniy chora ko‘rishlarini so‘ragan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Chinoz tumanida yashovchi 44 yoshli I.A, A.F., R.D., 25 yoshli B.Sh., 19 yoshli B.B.lar sodir etgani aniqlanib, ulardan 2 dona qora niqob, 1 dona sport kepkasi, 1 dona skotch o‘rami ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.A., A.F., R.D., B.Sh. va B.B.lar protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

219

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing