Chinozda avtobus velosipedchini urib ketdi. Hodisa halokatli yakun topdi
Jamiyat
−
12 may 2020
8633Joriy yilning 11 may kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanida velosipedchini mashina urib yubordi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Shu kuni 20:30 larda tuman hududidan o‘tgan “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘lining 63-km.da haydovchi 1983 yilda tug‘ilgan G‘.M. “Isuzu SAZ NP 21” rusumli avtobusda Sirdaryo viloyatidan Yangiyo‘l shahri tomon harakatlanib ketayotgan bo‘lgan. U qarshisidan kelayotgan transport vositalari yoritgichlari yo‘lni ko‘rish imkoniyatini kamaytirgani sababli bir yo‘nalishda velosipedda harakatlanib ketayotgan velosiped haydab kelayotgan fuqaroni urib yuboradi.
Oqibatda, 1987 yilda tug‘ilgan A.Sh. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
“Mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.