Chinozda 36 yoshli ayolni poyezd ikkiga bo‘lib ketdi
3-sahifa
−
11 iyun 2023
53520Toshkent viloyati “Chinoz-Olmazor” bekatlari oralig‘ida poyezd 36 yoshli ayolni bosib ketdi. Bu haqda Transport prokuraturasi ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 4 iyun kuni soat 06:20 da “Xovos-Toshkent” yo‘nalishidagi shaharlararo elektropoyezdi “Chinoz-Olmazor” bekatlari oralig‘ida harakatlanib o‘tayotgan 1987 yil tug‘ilgan fuqaro M.S.ni bosib ketgan.
Oqibatda fuqaro M.S. voqea joyida vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, M.S. epilepsiya kasalligiga chalingani va bir necha marta uyidan chiqib ketgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Bosh prokuraturaga ko‘ra, hozirda Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu hodisaning videolar tarqaldi. Unda ayolning ikkiga bo‘lingan jasadi poyezd relsi ustida yotganini ko‘rish mumkin.
LiveBarchasi