Chinoz hokimining birinchi “zam”i $40 ming pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Chinoz tumani hokimi birinchi o‘rinbosari 40 ming dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsiddinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Chinoz tumani hokimining iqtisodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan sug‘oriladigan 35 gektar yer maydonini sotish va hujjatlarni tuman hokimligida ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga kelishilgan 90 ming AQSH dollaridan 40 ming dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Hayot Shamsiddinovga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-6-moddasi (Sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Gumonlanuvchi protsessual tartibida ushlangan.

Avvalroq, Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U.Yaxshiyev 50 ming AQSH dollari bilan qo‘lga tushgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

386

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing