Chimyon tog‘larida birinchi qor yog‘di (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 28 avgust kuni Toshkent viloyatining dengiz sathidan 3 km va undan yuqori balandliklarida qor yog‘gan. Bu haqda O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi Erkin Abulahatov ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 28 avgust kuni antitsiklon chekinish fonida Toshkent viloyatining ayrim baland tog‘li hududlarida havo harorati qariyib +5 darajaga pasaygan.

Qayd etilishicha, tog‘ning yuqori atmosferasida harorat yerga nisbatan pasayib, nol darajaga yaqinlashgan. Oqibatda havodagi suv bug‘lari kristalizatsiyalashib, qor uchqunlariga aylangan.

28 avgust kuni dengiz sathidan 3 km dan yuqoriroq balandlikka ko‘tarilgan turistlar Chimyon tog‘liklarida ayni shu manzarani guvohi bo‘lishgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

523

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing