Chimyon tog‘ zonasida ko‘chki xavfi e’lon qilindi

Jamiyat

image

Avvalroq,  A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, tuman tushishi, shamol tezligi sekundiga 5-10 metrgacha  kuchayishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 19 dekabr kuni Gidrometeorologiya xizmati ogohlantirish bilan chiqdi. 

Ma’lum qilinishicha, 2019 yil 19 dekabr mahalliy vaqt bilan soat 08:00 dan 20 dekabr soat 08:00 gacha Chimyon tog‘ zonasida ko‘chki xavfi e’lon qilingan.

2019 yil 21-22 dekabrda A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 18-23 m gacha  kuchayishi,  yo‘lda qor uyumlari, yaxvonlik  hosil bo‘lishi kutilmoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

Chimyon tog' zonasi ko'chki xavfi

Baholaganlar

19

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar