Chilonzorning sobiq hokimi vazirlikka ishga o‘tdi
Jamiyat
−
14:54 2110 1 daqiqa
Saidqahhor Muhammadkarim o‘g‘li Xolxo‘jayev Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Buni vazirlik matbuot kotibi Stanislav Bagramov QALAMPIR.UZ’ga tasdiqladi.
Ma’lumot uchun, Saidqahhor Xolxo‘jayev 2022 yilning avgustidan joriy yilning oktyabriga qadar Chilonzor tumaniga hokimlik qilgan. Dastlab u tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Unga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, undan oldin esa Markaziy bank raisining o‘rinbosari bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hayot Inog‘amov Saidqahhor Xolxo‘jayevning o‘rniga Chilonzor tumani hokimi lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi