Chilonzorga prokuror va IIB boshlig‘i tayinlandi 

Jamiyat

image

Bugun, 22 avgust kuni Jahongir Muradov Chilonzor tumani prokurori etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar, u Bekobod shahar prokurori lavozimida ishlagan.

Chilonzor tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib Alisher Murodullayev tayinlandi.

U mazkur tayinlovga qadar, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida faoliyat yurigan.

Avvalroq, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ishlab kelayotgan Saidqahhor Muhammadkarim o‘g‘li Xolxo‘jayev Chilonzor tumani hokimi bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, Chilonzorning sobiq prokurori Izzat Bozorov hududdagi daraxtkushlikdan keyin Prezident topshirig‘iga asosan ishdan olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

218

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing