Chilonzordagi yonib ketgan kafeda 5 kishi halok bo‘lgan. IIBB kafe yoqib yuborilganini ma’lum qildi
Jamiyat
−
27 fevral 2021
14486Avvalroq, bugun 27 fevral kuni Toshkentning Chilonzor tumanidagi kafeda yirik yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Toshkent shahar IIBB xabar qilishicha, kafega o‘t qo‘yilgan.
Bugun, 27 fevral kuni Chilonzor tumanida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Yaxyojon Abdulhaqov, Toshkent shahar prokurori Ulug‘bek Qosimov va uning o‘rinbosari Ikrom Narimov hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida Qizil Sharq mavzesidagi “Shovotlandiya” kafesiga o‘t qo‘yish bilan bog‘liq jinoyatning muhokamasi bo‘lib o‘tgan.
Birlamchi ma’lumotga ko‘ra, mazkur kafeda ishlagan va yashagan besh nafar insonning hayotiga zomin bo‘lgan yong‘in joriy yilning 26 fevraldan 27 fevralga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilib, birinchi bo‘linmalar chaqiruv manziliga soat 03:54 da yetib borgan. Soat 04:11 da yong‘in qurshab olinib, soat 04:37 da to‘liq bartaraf etilgan.
LiveBarchasi