Chilonzordagi “dom”da yuz bergan portlash bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
3-sahifa
−
04 Oktabr 2021 8177 2 daqiqa
Toshkentning Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan portlash bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “b” bandi (“Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tekshiruv olib borilayotgani aytilgan.
3 oktyabr kuni soat 22:10 larda Chilonzor tumani, 7-mavze, 59-uyning 2-kirish yo‘lagi, 2-qavati, 36-xonadon oshxonasida o‘rnatilgan gaz qurilmalaridan maishiy gazni sizib chiqib to‘planishi va gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida portlash sodir bo‘lgan.
Toshkent shahar FVV Yong‘in xavfsizligi boshqarmasining favqulodda xizmati Chilonzor tumani “Bog‘izor” MFYda joylashgan 59-son ko‘p qavatli uyga yetib kelishgan.
“Hududgazta’minot” AJ ham gaz portlashiga munosabat bildirib, bu uy qurilishi hali yakunlanmagani va foydalanishga topshirilmaganini ma’lum qilgan.
“Uy qurilishi hali tugallanmaganligi va yangi bino foydalanishga topshirilmaganligi sababli, gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan gazni ulashga ruxsat berilmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, xonadon egasi uyni gazlashtirish bo‘yicha payvandlash ishlarini olib borish uchun payvandchini jalb qilgan va gaz ta’minoti tizimiga o‘zboshimchalik bilan ulangan”, deyiladi kompaniya ma’lumotida.
Avvalroq, Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birining 7-qavatida gaz portlagani haqida xabar bergandik. Hodisada hech kim jabrlanmagan. Voqea yuz bergan kuni shikastlangan uylarda yashagan 17 kishi vaqtinchalik mehmonxonaga joylashtirilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr