Chilonzorda ommaviy pichoqbozlik bo‘lgani aytildi (video)
3-sahifa
−
06 noyabr 2023
33052Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Chilonzor tumanida ommaviy pichoqbozlik bo‘lgani haqida videolar tarqaldi. Holat bo‘yicha Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lumot berdi.
Joriy yilning 5 noyabr kuni soat 21:00 larda 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro N.A. RSHTYOIMga ko‘krak qafasi chap tomonlama kesilgan-sanchilgan jarohati tashxisi bilan murojaat qilgan va unga tez-tibbiy yordam ko‘rsatilgan. U shifokorlarga o‘z ehtiyotsizligi tufayli Chilonzor tumani 19-mavzesida joylashgan dehqon bozori yonida yiqilib tushganini aytgan.
Voqea joyiga borilib, tergovga qadar surishtiruv ishlari davomida N.A. 5 noyabr kuni soat 19:00 lar atrofida fuqaro O.K. bilan o‘zaro tortishib qolgani aniqlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular o‘rtasidagi janjalga qarz sabab bo‘lgan.
Voqea joyiga Chilonzor tumani IIO FMB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari, tergov tezkor-guruhi, Chilonzor tumani IIO FMB JQB shaxsiy tarkibi, tun xizmatida bo‘lgan profilaktika inspektorlari, milliy gvardiya xodimlari chiqqan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida yashovchi ayol o‘z opasi bilan pul masalasidagi ziddiyat sababli jiyanini so‘yib tashlagandi.