Chilonzorda mudhish YTH! Ikki kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida avtomobil yonib ketgani haqida xabar va video tarqalgandi. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 9 yanvar kuni soat 23:17da Chilonzor tumani Bunyodkor va Furqat ko‘chalari chorrahasida BMW hamda Lacetti rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz bergan.

Buning oqibatida, BMW rusumli avtoulovning motor va salon qismi hamda Lacetti rusumli avtoulovning salon qismida yong‘in sodir bo‘lgan.

Mazkur hodisada 2 nafar fuqarolar voqea joyida vafot etgan, 2 nafari esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Chilonzor

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing