Chilida 7 balli zilzila sodir bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 23 yanvar kuni Chili sohillari yaqinida 7 balli zilzila qayd etildi. Bu haqda Yevropa-O‘rta er dengizi seysmologiya markazi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, zilzila epitsentri 117 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan Punta Arenas shahridan janubi-sharqda 1328 kilometr masofada joylashgan. Zilzila manbai 40 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Zilzila hududida Janubiy Shetland orollari joylashgan bo‘lib, uyeerda bir qator Antarktika tadqiqot stansiyalari, shu jumladan Rossiyaning “Bellinsgauzen” stansiyasi joylashgan.

Keyinchalik, seysmologiya markazi ushbu hududda 5,8 balli yana bir zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar berdi.

Unga ko‘ra, zilzila epitsentri Santyagodan 65 kilometr shimoliy-sharqda bo‘lib, u erda taxminan 4,8 million kishi yashaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

205

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing