Chilida 7,3 magnitudali zilzila yuz berdi
Olam
−
19 iyul
4377Chilida 7,3 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi. Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lum qildi.
Mutaxassislarning fikricha, zilzila epitsentri ikki mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan San-Pedro-de-Atakama qishlog‘idan 43 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Manba 128 km chuqurlikda joylashgan.
O‘z navbatida, mamlakat Prezidenti Gabriel Borich rasmiylarda qurbonlar yoki jiddiy zarar haqida ma’lumotlar yo‘qligini aytdi.
“Men viloyat vakili bilan bog‘landim, hozircha qurbonlar yoki jiddiy vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘q, ammo mutaxassislar ma’lumot yig‘ishda davom etmoqda”, deydi u.
Shu bilan birga, Borich San-Pedro-de-Atakama qishlog‘ida elektr ta’minotida uzilishlar haqida xabar bergan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr