Chikagoda Mustaqillik paradida otishma sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

Olam

image

Kecha, 4 iyul kuni Chikagodagi Haylend-parkda Mustaqillik kuni munosabati bilan tashkil etilgan parad boshlanganidan bir necha daqiqa o‘tib, otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda 6 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlangan. Bu haqda Haylend-park meri Nensi Rotering xabar bergan. 

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, 20 tadan 50 tagacha o‘q ovozi eshitilgan. Jinoyatchi parad o‘tadigan joy yaqinidagi do‘kon tomidan turib odamlarni o‘qqa tutgan.

Politsiya xabariga ko‘ra, u narvon orqali turizm uchun mahsulotlar sotiladigan do‘kon tomiga chiqqan va odamlarga qarata o‘t ochgan. Shundan so‘ng voqea joyidan tezda yashiringan. Biroq politsiya keyinchalik jinoyatchining shaxsini aniqlagan.

Mahalliy hokimiyat vakillarining fikricha, jinoyatchi politsiya yetib kelishidan avval savdo binosi tomidan miltig‘ini tashlab yuborgan. Besh kishi voqea joyida, oltinchisi shifoxonaga yotqizilganidan keyin vafot etgan.

Tez yordam xizmati 8 yoshdan 85 yoshgacha bo‘lgan 26 kishini yaqin atrofdagi shifoxonalarga olib ketgan. Ayrim bemorlarning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Yana bir qancha jarohatlanganlar o‘zlari shifokorlarga murojaat qilishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

111

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing