Chiqindilar bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ikkita soliq 1 foizga tushiriladi

Jamiyat

image

2026 yil 1 yanvargacha chiqindilar bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun foyda solig‘i va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foizga tushiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining joriy yilning 11 avgust imzolangan “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan. 

Ushbu farmon bilan xususiy tadbirkorlardan sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘lovlardan Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga majburiy tartibda undiriladigan 10 foiz miqdoridagi ajratmalar bekor qilinadi.

Shuningdek, 2026 yil 1 yanvargacha chiqindilarni to‘plash, olib chiqish ketish, saralash va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun foyda solig‘i (amalda 15 foiz) va ijtimoiy soliq (amalda 12 foiz) stavkasi 1 foizga tushirilmoqda.

Tadbirkorlarni respublikada ishlab chiqarilmaydigan maxsus texnika, texnologik uskunalar va ehtiyot qismlarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan (QQS va bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod qilish bo‘yicha imtiyoz muddati 2025 yil 1 avgustga qadar uzaytirilmoqda. (Amalda ushbu imtiyoz 2023 yil 1 yanvargacha berilgan. Imtiyoz uzaytirilishi bilan tadbirkorlar ixtiyorida 15,1 mlrd so‘m qoladi).


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing