Chiqindixonaga aylangan bozorda don sotayotgan savdogarlar. Holatga izoh berildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqda “Andijon jahon bozori” chiqindixonaga aylangani va u yerda savdogarlar don maxsulotlarini sotayotgani aks etgan video tarqaldi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ilxomiddin Sotvoldiyev holat yuzasidan QALAMPIR.UZ’ga izoh berdi.

Ilxomiddin Sotvoldiyevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hudud “Jaxon savdo kompleksi” AJ ga qarashli maishiy chiqindilarni saqlash joyi bo‘lgan. Xaftaning har payshanba va yakshanba kunlari bu yerga yakin tumanlardan maxalliy dexqonlar qishloq xo‘jaligi va don maxsulotlarini olib kelib sotgan.

“Ijtimoyi tarmoqda tarqalgan tasvirlarda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilmaganligi sabab to‘plangan chiqindilar har tomonga sochilib ketgani aks etgan. Odatda chiqindixona atrofidagi yo‘lda qo‘shni tumanlardan kelgan dehqonlar qishloq xo‘jaligi va don maxsulotlarini olib kelib sotadi”, deydi Ilxomiddin Sotvoldiyev.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilgan, xududda to‘planib qolgan chiqindilar tozalangan. E’tirozlarga sabab bo‘lgan xolat bo‘yicha "Jaxon savdo kompleksi" AJ raxbariga ogoxlantirish berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

110

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing