Chiqindi uyumidan chiqqan yong‘in sabab 80 ga yaqin xonadon “svet”siz qoldi (video)
Jamiyat
−
15 avgust
5006Bugun, 15 avgust kuni Toshkent shahar Olmazor tumani Sag‘bon ko‘chasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugun Sag‘bon ko‘chasida joylashgan 278-sonli quvvati 630 kVa bo‘lgan transformator budkasi atrofida aholi tomonidan to‘plangan chiqindi uyumida yong‘in kelib chiqqan.
Oqibatda transformatordan chiquvchi kabel tarmog‘ida ham yong‘in kelib chiqqan va 80 ga yaqin xonadon elektr quvvatisiz qolgan. Ayni paytda kelib chiqqan yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
“Hozirda elektr energiyasidan uzilgan xonadonlarni zaxira tarmoqlari orqali qayta elektr energiyasiga ulash choralari ko‘rilmoqda. Kelib chiqqan yong‘in transformatorga zarar yetkazmagan”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi