Chevrolet Onix avtomobillari sizni Chevrolet dilerlik markazlarida kutmoqda

Biznes

image

Hoziroq avtomobil uchun Chevrolet dilerlik markazlarida yoki onlayn platforma orqali shartnoma tuzing va bugunning o‘zidayoq yangi Chevrolet Onix avtomobili egasiga aylaning!

Avtomobillar komplektatsiyasiga qarab 2 turdagi dvigatel bilan taqdim etiladi:

  • 1,2 litrli 132 ot kuchiga ega turbo dvigatel hamda 6 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan;
  • 1,2 litrli 90 ot kuchiga ega atmosferali dvigatel 5 pog‘onalik mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Avtomobil 10,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi, shu bilan birga aralash siklda 100 km uchun faqat 5,9 l va shahar tashqarisidagi yo‘lda 4,7 l sarflaydi.

Zamonaviy dizayn
Avtomobil zamonaviy dizayn va qulaylik bilan birga xavfsizlik bo‘yicha eng ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni ham taqdim etadi. 5 o‘rindiqli ushbu sedan sayohatlar uchun xoh u oilaviy xoh do‘stlar orasida yoki xizmat safari bilan shaylangan xodim bo‘lsin umuman, barcha-barcha uchun ham birdek ideal.
O‘zining yorqin ko‘rinishi bilan Chevrolet Onix yo‘llarda alohida taassurot uyg‘otib, qulay haydashni kafolatlaydi. Chevrolet Malibu avtomobili bilan o‘xshashligi yuqori toifadagi avtomobillardan qolishmaydigan mustahkam va zamonaviy tashqi ko‘rinish beradi.

Futuristik yoritish texnikasi yon atrofdagilarning e’tiborini jalb etadi. Bu hech bir avtomobil ixlosmandlarini befarq qoldirmaydi.
Kuzovdagi gorizontal chiziqlar avtomobilning zamonaviy dizayn uslubiga ega ekanligiga urg‘u beradi. Ular diod optika yorug‘lik elementlari bilan birgalikda avtomobilga yorqin va taniqli ko‘rinish beradi, mukammal ishlangan kunduzgi diod optikasi esa Onix’ni kechayu-kunduz ko‘zga tashlanadigan qiladi.

Texnologik interer

Chevrolet Onix intereridagi chiziqlar va yorqin elementlar avtomobilning sig‘imliligini ta’kidlaydi. Va kenglik hissini yaratadi, buning barchasiga avtomobilning keng platformasi orqali erishiladi.

Ergonomik asboblar paneli ko‘rinishni yaxshilaydi va yengillik hissini beradi.
Displey avtomobilning yuqori texnologiyali dizaynining markaziy qismidir, intuitiv 8 dyuymli axborot-ko‘ngilochar tizimi esa yuqori darajadagi premium va qulay boshqarishni qo‘shadi.

Qulay va oson boshqarish

Chevrolet Onix boshqarishni qulay va zavqli qiladigan barcha detallarga ega.
4 LT komplektatsiyasida bazaviy opsiyalaridan tashqari avtomobilga kalitsiz kirish smart kalit (key) va yoqish START/STOP tizimi, kruiz kontrol bilan ta’minlangan.

Avtomobil isitish tizimiga ega charm qoplamali rul va yuqori sifatli mato qoplamali sport uslubidagi o‘rindiqlar bilan jixozlangan, shuningdek salonda simsiz quvvatlash tizimi mavjud. 
LC komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalar Bluyetooth va Hands-Freye hamda 8 dyuymli sensor displeyga ega rusifikatsiyaga ega multimedia tizimi (Apple CarPlay va Android Auto) bilan jihozlangan.
Avtomobilning soddalashtirilgan komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalari signalizatsiya, konditsioner, rul kalonkasini yuqoriga va pastga hamda uzoq yaqinligini moslashtirish, haydovchi o‘rindig‘ini balandligini sozlash, tezlikni cheklovchi va boshqa bir qator qulaylik uchun zarur bo‘lgan opsiyalarga ega.
Bundan tashqari, komplektatsiyasiga qarab, avtomobillar tepalikka ko‘tarilishga yordamlashuvchi tizim, faralar o‘chishining kechiktirilishi tizimi (Follow Me Home), to‘xtash tizimi datchiklari (Park-Assist) va bolalar o‘rindig‘ini o‘rnatish tizimi ISOFIX bilan jihozlangan.

Chevrolet Onix xavfsizligi

Barcha Chevrolet Onix avtomobillari kamida 2 ta xavfsizlik yostiqchasi hamda ABS  va ESC (barqarorlikni elektron nazorat qilish) tizimi bilan jihozlangan.

Top versiyalaridagi kruiz kontrol tizimi optimal boshqaruvni ta’minlaydi, uzoq masofalarga yengil va qulay harakatlanish imkonini beradi, faol xavfsizlik tizimlari baxtsiz hodisalarning oldini olishga yordam beradi va avtomobilning turli yo‘l qismlarida hamisha barqaror turishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, soddalashtirilgan komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalarda tezlikni cheklovchi va shinalar bosimining monitoring tizimi mavjud.

Chevrolet Onix avtomobilidagi qo‘shimcha opsiyalar:

  • klimat kontrol;
  • yarimavtomat (parallel va perpendikulyar) to‘xtash tizimi;
  • old partroniklar;
  • ko‘rinishi cheklangan joylar nazorati datchigi;
  • orqa o‘rindiq isitish tizimi;
  • lyuk;
  • to‘liq svetodiod optikasi va orqa gabarit chiroqlar;
  • salonda haydovchi, old o‘rindiq va orqa o‘rindiq yo‘lovchilar uchun alohida yoritish tizimi;
  • 16 original dizaynli quyma disklar.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring chevrolet.uz 

UzAutoSavdo iOSAndroid

Aloqa uchun:  +998-78-141-7777 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing