Chetdan tovar olib kirish: 2025 yil 1 maydan nimalar o‘zgarmoqda?

Jamiyat

image

2025 yil 1 maydan chet eldan O‘zbekistonga quruq sut olib kirishga qo‘yilgan cheklov bekor qilinmoqda.

2025 yil 1 maydan boshlab O‘zbekistonga tovarlarni bojsiz olib kirish bo‘yicha yangi normalar belgilandi.

  • havo transportida — 1000 dollar;
  • temiryo‘l va daryo transportida — 500 dollar;
  • avtomobil yoki piyoda o‘tish punktlarida — 300 dollar,
  • xalqaro kurerlik jo‘natmalarida — 200 dollar;
  • xalqaro pochta orqali — 100 dollar.

Ushbu yangilik bilan jismoniy shaxslarga taalluqli quyidagilar tasdiqlandi:

  • respublikaga bojsiz olib kiriladigan ayrim tovarlarning miqdoriy normalari;
  • ayrim turdagi tovarni respublikadan bojsiz olib chiqishning miqdoriy normalari;
  • O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish maqsadini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
  • erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishda bojxona qiymati va miqdori alohida nazorat qilinadigan tovarlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Safarga chiqish chog‘ida e’tibor qilish zarurki, temiryo‘l va avtomobil o‘tkazish punki orqali notijorat maqsadlarida tovarlarni olib kirayotgan shaxs xorijiy davlatda 2 kalendar kundan, havo transportida 3 kalendar kundan kam muddat bo‘lganda, bojsiz olib kirish normalari qo‘llanilmaydi.

Shuningdek, xalqaro kurerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga olib kelinadigan tovarlarga nisbatan bojsiz olib kirish normalari bir kalendar oy davomida qo‘llaniladi.

Jismoniy shaxslar tomonidan qiymati 5000 AQSH dollari ekvivalentigacha bo‘lgan bojxona deklaratsiyasini taqdim etmasdan respublikadan olib chiqilishi mumkin.

“Uzbekistan airways” AJ va “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ bilan Jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga bojsiz olib kiriladigan ayrim tovarlarning miqdoriy normalari bo‘yicha axborotlarni yo‘lovchilarga tashish vaqtida yetkazadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

quruq sut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar