Chet tilidan sertifikat olgan yoshlar qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi

Jamiyat

image

Xorijiy tillardan kamida C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlar 1 mln 20 ming so‘m miqdorida qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi. Bu haqda kecha, 27 iyun kuni qabul qilingan “Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida so‘z boradi. 

Qarorga ko‘ra, imtihon topshirish xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarni imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilishga qo‘shimcha ravishda o‘qish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, 2024 yil 1 sentyabrdan 2027 yil 1 yanvargacha yoshlarning nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo‘yicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning (sertifikat darajasining) minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi.

Bundan tashqari, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sinf xonalarini ta’lim jarayonidan bo‘sh vaqtda kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi bilan xususiy o‘quv markazlariga berishga ruxsat etiladi. Bunda tegishli umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

sertifikat S1

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar