Chet tilidan ijodiy imtihon namunalari e’lon qilindi

Jamiyat

image

2022 yilda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilgan chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon formati va test namunalari e’lon qilindi. Bu haqda Davlat test markazi Matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 6 ta oliy ta’lim muassasasiga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilishi belgilangan.
 
Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan.
 
•  O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
•  Samarqand davlat chet tillar instituti;
•  Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining
 
fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda
 
•  Toshkent davlat pedagogika universiteti;
•  Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
•  Nukus davlat pedagogika institutining xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.
 
Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga kasbiy (ijodiy) imtihon formati (barcha tillar uchun) va test namunalari (ingliz tilidan) joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

121

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing