Chet elga ketayotganlar diqqatiga: UZTELECOM xalqaro roumingga 99% lik chegirma taklif qiladi!

Biznes

image

Ta’til vaqtida MILLIY operator bilan aloqada bo‘lish – UZTELECOM o‘z abonentlari uchun xalqaro roumingga 99% lik chegirma taklif qiladi!

Endilikda, chet elda bo‘lgan vaqtingizda har safar SIM-kartangizni almashtirishingizga hojat yo‘q. Siz o‘z vaqtingizni faqatgina yoqimli hordiq chiqarishga sarflagan holda milliy operatorning qulay xizmatlaridan foydalanishda davom etishingiz mumkin.

Yoz asta-sekin yakuniga yetib bormoqda, biroq oldinda vatandoshlarimizni uzoq davom etuvchi, quyoshli dam olish kunlari kutmoqda! Bu esa qaynoq sayohatlardan foydalanish va dengizga unutilmas, qisqa ta’til uyushtirish uchun ajoyib imkoniyat paydo bo‘lganini anglatadi.

UZTELECOM milliy operatori o‘z ta’tilini Misr, Turkiya yoki Birlashgan Arab Amirliklarining quyoshli sohillarida o‘tkazishni rejalashtirgan abonentlari haqida g‘amxo‘rlik qiladi va ushbu davlatlarda rouming xizmatidan foydalanishda 99% gacha ulkan chegirmalarni taklif qiladi.

2021 yilning 20 iyulidan boshlab yuqorida tilga olingan davlatlariga sayohat qilgan UZTELECOM GSM standartidagi mobil aloqa abonentlari o‘zlarining odatiy operatorlari bilan aloqada qolishlari – 99 % lik chegirma bilan qo‘ng‘iroq qilishlari, SMS jo‘natishlari va internetdan foydalanishlari mumkin.

Endilikda, chet elda bo‘lgan vaqtingizda har safar SIM-kartangizni almashtirishingizga hojat yo‘q. Siz o‘z vaqtingizni faqatgina yoqimli hordiq chiqarishga sarflagan holda milliy operatorning qulay rouming xizmatlaridan foydalanishda davom etishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun:

Aksiyada ishtirok etish uchun:

Chet elga chiqishdan oldin albatta «Xalqaro rouming» xizmatiga ulaning;

Roumingning taklif etilayotgan xizmatini faollashtirish uchun *188# USSD kodini tering.

Xizmatni faollashtirish shartlari:
Faollashtirish narxi – 1 000 so‘m;
Kunlik abonent to‘lovi – 500 so‘m;
Internet narxi (1 MB) – 800 so‘m;
Ovozli qo‘ng‘iroqlar (1 daq.) – 7 500 so‘m;
SMS (1 dona) – 1 000 so‘m.

Sevimli joylarga tashrif buyurib, dengizda dam olib yoki yo‘lda ketayotib, yaqinlaringiz bilan foydali shartlarda aloqada qoling!
UZTELECOM O‘zbekiston tashqarisida ham sizning qulayligingiz haqida qayg‘urishda davom etadi!

UZTELECOM – milliy operator!
Batafsil 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

45

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing