Chet eldagi o‘zbekistonliklarning prezidentlik saylovida ovoz berish tartibi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari tuziladi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, saylov uchastkalaridagi saylovchilarning ro‘yxati diplomatik va boshqa vakolatxona boshliqlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi. Tuzilgan uchastka saylov komissiyalari chet davlatlarda turgan fuqarolar saylovchilar ro‘yxati bilan tanishish usuli, joyi va vaqti to‘g‘risida xabardor qilib boradi.

“Chet davlatlarda turgan fuqarolar o‘zlarini saylovchilar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida saylovdan 15 kun oldin yozma shaklda O‘zbekistonning diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalariga yoki Tashqi ishlar vazirligi sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin”, deydi O‘rinboyeva.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish saylov kuni ushbu saylov uchastkalari joylashgan yerdagi mahalliy vaqt bilan soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda prezidentlik saylovlari joriy yilning 24 oktyabr kuni o‘tkazilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

85

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing