Chet eldagi o‘zbekistonliklarga tegishli OAV akkreditatsiyasi tartibi soddalashtirildi
Jamiyat
−
04 iyun 2019
2835Joriy yilning 3 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qoidalarga qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, chet eldagi vatandoshlarimizga tegishli ommaviy axborot vositalarining doimiy xorijiy muxbirini akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror Tashqi ishlar vazirligiga ariza berilgan vaqtdan boshlab 5 ish kunida qabul qilinadi.
Mazkur qarorni qabul qilish uchun O‘zbekistonning chel eldagi vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining tavsiyanomasi asos bo‘ladi.
Bunda, akkreditatsiya olish uchun asosiy hujjatlarga qo‘shimcha ravishda xorijiy OAV ta’sischisi va uning moliyalashtirish manbalari haqida ma’lumot ham taqdim etiladi.
LiveBarchasi