Chet elda ishlayotgan o‘zbekistonliklar qanchaligi ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistondan turli mamlakatlarga ketgan mehnat muhojirlari soni 2 milliondan ortiqni tashkil qiladi. Ularning 1,5 millioni esa Rossiyada. Bu haqda kecha, 13 dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. 

“Bizda mehnat migratsiyasida ishtirok etayotgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Mehnat migrantlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar faqatgina uchta manbaga asosan shakllanadi. Bular: so‘rovnomalar o‘tkazish, ma’muriy manbalar – chegara hududlaridan chiqishi yoki kirishi, ilmiy tahlillar va aholini ro‘yxatga olish”, deydi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshqarma boshlig‘i Azim Ahmatov. 

Mas’ullarning qayd etishicha, xorijda mehnat migratsiyasi bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar soni bilan bog‘liq ma’lumotlarni tezkor, xususan har kuni yangilash imkoniyati chegaralangan. 

Qayd etilishicha, 2022 yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, barcha manbalar bo‘yicha qilingan tahlillar shuni ko‘rsatyaptiki, xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar 2 million 346 ming nafarni tashkil etmoqda. Bu raqam hisob-kitob qilingandan keyin ham qariyb 400 mingga yaqin o‘zbekistonlik mamlakatga qaytib kelgan. 

Qayd etilishicha, Rossiyaga 1,5 million o‘zbekistonlik rasman ish joyiga ega. Shuningdek, 200 ming fuqaro norasmiy mehnat bilan shug‘ullanadi. Janubiy Koreyada esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 64 mingga 13 mingni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

625

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing