CHERY O‘zbekistonda CSH gibrid platformasi va yangi TIGGO 9 HYBRID’ni taqdim etdi
Biznes
−
15:00 2313 4 daqiqa
30 may kuni CHERY Uzbekistan O‘zbekistonda CSH texnologiyasini ishga tushirishga bag‘ishlangan CHERY SUPER HYBRID LAUNCH DAY tadbirini o‘tkazdi. Brendning NEV avtomobillaridagi yangi gibrid texnologiyalarining afzalliklari: yo‘l bosish zaxirasi yuqori, yonilg‘i sarfi past, elektr tortish kuchi asosida harakatlanish va platformaning turli segmentdagi avtomobillarga moslashuvi e’tibor markazida bo‘ldi. Kunning asosiy premerasi sifatida yangi TIGGO 9 HYBRID flagmanining taqdimoti bo‘ldi.

Chery Super Hybrid benzinli dvigatel, elektromotor va intellektual energiya boshqaruvi tizimini birlashtiradi. Tezlik, yuklama darajasi va batareya holatiga qarab, tizim avtomat ravishda qurilmaning elektr va yonilg‘i qismlari o‘rtasida ishni o‘zaro taqsimlaydi.
Shaharda CSH bilan jihozlangan avtomobillar ko‘p vaqt davomida elektr toki yordamida harakatlana oladi, bu esa yonilg‘i sarfi va shovqin darajasini kamaytiradi. Trassada tizim quvvatni saqlash va umumiy yo‘l bosish masofasini oshirish uchun ichki yonuv dvigatelini avtomobil g‘ildiraklariga ulaydi. Shuning uchun gibrid modellar faqat quvvatlash infratuzilmasiga bog‘liq emas va kundalik foydalanish uchun ham, uzoq masofalarga sayohat qilish uchun ham mos keladi.
Gibrid qurilmasining beshinchi avlodi dvigatelning issiqlik samaradorligini 44,5% ga ko‘rsatdi. Modeliga qarab 100 km/soatgacha tezlashish 5,2 soniya vaqtni olsa, batareya quvvatisiz holatda esa yonilg‘i sarfi 100 km uchun 3,9 dan 5,2 l gachani tashkil etadi.
Platformaning samaradorligi EU Extreme Endurance Challenge xalqaro sinovi doirasida tekshiruvdan o‘tkazildi. Test davomida avtomobillar Yevropaning 7 ta davlati orqali 3500 km masofani bosib o‘tdi. Sinov natijalariga ko‘ra, Worldwide Harmonized Light Vehicles Test Cycle (WLTC) sikli bo‘yicha kombinatsiyalangan yo‘l bosish zaxirasi to‘la miqdordagi bak va to‘liq quvvatlangan batareyada 1 403 km ni tashkil etdi.
Brend CHERY SUPER HYBRID LAUNCH DAY’da texnologiya 3 ta modelda qanday namoyon bo‘lishini ko‘rsatdi.

ARRIZO 8 HYBRID biznes-sedani shahar sharoitida foydalanish va shahar tashqarisiga bo‘ladigan uzoq safarlar uchun mos keladi. Gibrid tizim O‘zbekistonning real sharoitida 1400 km dan ortiq masofada ishonchli dinamika va ravon harakatni namoyish etdi. Kombinatsiyalangan yonilg‘i sarfi 100 km masofa uchun 3,9 l ni tashkil etmoqda.
ARRIZO 8 HYBRID narxi: 344 900 000 so‘mdan boshlab.
TIGGO 8 HYBRID – TIGGO turkumining oilaviy yo‘nalishi vakili. Krossover keng o‘lchamdagi 7 o‘rindiqli salon, yo‘l bosish zaxirasining yuqoriligi – O‘zbekistonning real sharoitlarida 1200 kilometrdan ortiq va tashqi elektr jihozlarini avtomobildan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulash uchun Vehicle-to-Load (V2L) funksiyasiga ega bo‘ldi. Aralash rejimda batareya quvvatining minimal darajasida yonilg‘i sarfi 100 km masofaga 5,2 l ni tashkil etadi.

TIGGO 8 HYBRID narxi: 399 900 000 so‘mdan boshlab.
Tadbirning asosiy premerasi sifatida O‘zbekistondagi CHERY’ning yangi flagmani – TIGGO 9 HYBRID bo‘ldi. Model 605 ot kuchiga ega 3 ta elektr motorli gibrid tizim bilan jihozlangan. 100 km/soat gacha bo‘lgan tezlanishga 5,2 soniyada erishadi. Elektr yordamida tortish paytida yo‘l bosish zaxira masofasi 170 km ga yetadi, gibrid rejimidagi umumiy ko‘rsatkich esa 1200 km dan oshadi.
To‘liq yuritmali TIGGO 9 HYBRID to‘liq oilaviy SUV formatini o‘zida saqlab qoladi. 7 o‘rindiqli keng o‘lchamdagi salon uzoq safarlar va kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan. Jihozlanish tarkibiga old o‘rindiqlarning massaj funksiyasi, ikki qator o‘rindiqlarining ventilyatsiya tizimi va elektr yuritmasi, multimedia ekrani va 14 dona dinamikka ega Sony audio tizimi, shu jumladan sabvufer va haydovchining bosh qo‘yish qismidagi alohida dinamikni o‘z ichiga oladi.
Ushbu flagman, shuningdek, APA avtomat ravishda avtoturargohga joylashtirish funksiyasini o‘z ichiga olgan ADAS tizimlarining to‘liq to‘plami bilan jihozlangan.

TIGGO 9 HYBRID narxi: 549 900 000 so‘mdan boshlab.
Shuningdek, taqdimot doirasida TIGGO 9 HYBRID flagmanining deyarli barcha funksiyalarini saqlab qolgan 2 litrli turbo dvigatel va to‘liq yuritmaga ega TIGGO 9 PRO’ning benzinli versiyasi namoyish etildi. TIGGO 9 PRO narxi: 499 900 000 so‘mdan boshlab.
Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori – ADM kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekistondagi Chery avtomobillarining xususiyatlari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.
Doimiy aloqa telefoni: +998712765555
Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Instagram | Telegram | Telegram-bot | Facebook | YouTube
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi