Chery avtomobillari Euro 5 va Euro 6 xalqaro ekologik standartlariga javob beradi
Biznes
−
20 mart
5962Avtomobillarning benzinli dvigatellari atmosferaga zararli moddalar chiqaradi. Yevropa Ittifoqi sayyoramizni himoya qilish va havo sifatini yaxshilash maqsadida Euro 5 va Euro 6 kabi qat’iy avtomobil standartlarini ishlab chiqqan. Chery avtomobillari chiqindilar chiqarilishini kamaytirish orqali atmosferaning ifloslanishini kamaytirishga va havo sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Euro 5 yangi avtomobillar, jumladan, yengil avtomobillar, yuk avtomobillari va avtobuslar uchun chiqindi gazlar chiqarilishi bo‘yicha chegaraviy qiymatlarni belgilab beradi. Uning asosiy maqsadi azot oksidlari (NOx) chiqarilishini kamaytirishdir. Euro 6 esa, o‘z navbatida, zararli moddalar chiqarilishi bo‘yicha yanada qat’iyroq talablarni belgilaydi. Ushbu standartga javob beradigan yangi avtomobillar, azot oksidi (NOx) va uglevodorodlar (HC) chiqindilarini sezilarli darajada kamaytirishi zarur. Bu yerda chiqindi gazlarini katalizatorlar yordamida tozalash tizimlari kabi yangi texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratiladi.
Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi xaridorlarga Chery’ning Euro 5 ekologik sinfiga mansub bo‘lgan – ARRIZO 6 PRO (1,5 l.) va TIGGO 8 PRO (1,6 l.) benzinli avtomobillarini hamda Euro 6 ekologik sinfiga mansub – TIGGO 7 PRO (1,5 l.) TIGGO 8 PRO MAX (2,0 l.) avtomobillarini taqdim etadi. Ushbu modellar yonilg‘ini to‘g‘ridan to‘g‘ri silindrlarga purkalishi va oraliq sovitilishli turbojadallashtirgichlar bilan jihozlangan.
Biroq shuni ta’kidlash kerakki, ekologik standartlarni qo‘llash nafaqat avtomobil ishlab chiqaruvchilardan, balki avtomobil sohiblarining o‘zlaridan ham sa’y-harakatlarni talab qiladi. Avtomobilingizning holatini kuzatish, texnik xizmat ko‘rsatilishdan muntazam ravishda o‘tkazish va yuqori sifatli yonilg‘idan foydalanish o‘ta muhimdir.
Shunday qilib, Euro 5 va Euro 6 ekologik standartlari atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi kurashning ajralmas qismidir. Ular barchamiz uchun tozaroq va sog‘lom kelajak yaratishga yordamlashadilar. Shuning uchun, avtomobil tanlashda, uning ushbu standartlarga muvofiqligiga e’tibor qaratishni unutmang.
Chery Uzbekistan dilerlik markazlari mavjud avtomobil modellarini sinash uchun noyob imkoniyatni taqdim etadilar! Test-drayv o‘tkazish uchun talabnomani o‘zingizga qulay bo‘lgan usulda: ishonch tezkor axborot liniyasi telefon raqami orqali yoki veb-saytdagi shaklni to‘ldirish yoki Telegram boti orqali qoldirish kifoya.
Eslatib o‘tamiz, ADM Global Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblanadi.
Aloqa uchun telefon +998712765555
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Telegram bot: https://t.me/cheryuzbekistanbot
Facebook kanalimizga a’zo bo‘ling
Instagram’da yangiliklardan xabardor bo‘ling
YouTube’da yangiliklardan xabardor bo‘ling
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring cheryauto.uz
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi