Chernogoriyada kafeda otishma sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

Olam

image

Chernogoriyaning Setine shahridagi kafelardan birida sodir bo‘lgan otishmada 10 kishi, jumladan, ikki nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri Danilo Sharanovich ma’lum qildi.

Politsiya boshqarmasi bayonotiga ko‘ra, Bayitse hududida sodir bo‘lgan jinoyatda 45 yoshli mahalliy fuqaro Aso Martinovich gumon qilinmoqda. U hozirda qidiruvda bo‘lib, ilgari ham qurolni noqonuniy saqlagani uchun hibsga olingan va agressiv xatti-harakati bilan tanilgan. Biroq politsiya uning jinoiy guruhlarga aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan.

“Aso Martinovich kamida 10 kishini, jumladan, marhum janob Vuletichning oilasidan ikki nafar voyaga yetmagan bolani o‘ldirishda gumon qilinmoqda. Gumondor o‘z qarindoshlaridan ayrimlarini ham o‘ldirgan”, deydi vazir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisadan oldin Martinovich jabrlanganlardan biri – D.K. ismli shaxs bilan janjallashgan. U kafega to‘pponcha bilan qaytgan va bir necha kishini o‘ldirib, yana bir nechtasini jarohatlagan. Keyinchalik Xumsi hududiga borib, kafe egasining farzandlari va bir ayolni o‘ldirgan. Yaradorlar Podgoritsa shahridagi klinik markazga yetkazilgan.

Hodisadan so‘ng mamlakat Bosh vaziri Miloyko Spayich uch kunlik motam e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Nyu-Orlean shahrida yuk mashinasi haydovchisi Burbon va Ibervil turistik ko‘chalari kesishmasida bayram o‘tkazayotgan olomon ustiga katta tezlikda bostirib borgan edi. Oqibatda kamida 15 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

otishma Chernogoriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing