Chernogoriyada dangasalik bo‘yicha chempionat boshlandi (video)
Olam
−
02 Oktabr 11173 1 daqiqa
Joriy yilning 29 sentyabr kuni Chernogoriyaning Plujine shahrida dangasalik bo‘yicha chempionat boshlandi. Musobaqa shartlariga ko‘ra, eng uzoq vaqt to‘shakda qolgan ishtirokchi g‘olib bo‘ladi. Bu haqda “The Montenegro Times” xabar berdi.
Musobaqada Rossiya, Ukraina, Turkiya va Serbiyadan 20 nafar ishtirokchi qatnashmoqda. Ularning barchasi allaqachon karavotlarda yotibdi. Ishtirokchilarga kerakli hamma narsa – ovqat, ichimlik, internet beriladi, har sakkiz soatda esa 15 daqiqalik tanaffus ajratiladi. Tashkilotchilar tanlovda qatnashuvchilar psixolog yordamida saralanganini ham ma’lum qilgan.
Bu safar ilk bor chempionat Instagram va YouTube ijtimoiy tarmoqlarida jonli efir orqali namoyish qilinmoqda. Avvalgi musobaqa 2023 yilda o‘tkazilgan va unda Lidiya ismli ishtirokchi 50 kun karavotdan turmay yotib, g‘olib bo‘lgan. Hozirda u yana musobaqada qatnashmoqda va 2026 yilgacha ham yotib bera olishiga ishonmoqda. Tashkilotchilar esa kelgusi yilda karavotlarni ko‘chaga olib chiqishni rejalashtirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, g‘olib Subaru avtomobili va 2 ming yevro bilan taqdirlanadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr