Chernogoriya rossiyalik 6 diplomatni mamlakatdan quvdi
Olam
−
29 Sentabr 2022
3417Chernogoriya olti nafar rossiyalik diplomatni persona non grata (nomaqbul, istalmagan shaxs – tahr.) deb e’lon qildi. Bu haqda bugun, 29 sentyabr kuni Twitter’da Respublika Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati sahifasida e’lon qilingan xabarda aytiladi.
“Tashqi ishlar vazirligi Chernogoriyada akkreditatsiyadan o‘tgan Rossiya Federatsiyasi elchixonasining olti nafar diplomatini ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar va hurmat munosabatlari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga zid bo‘lgan xatti-harakatlari uchun persona non grata deb e’lon qildi”, deyiladi matnda. .
Avvalroq, 12 avgust kuni Chernogoriya Tashqi ishlar vazirligi rossiyalik diplomatni persona non grata deb e’lon qilgan edi. Bungacha, 7 aprel kuni Chernogoriya Tashqi ishlar vazirligi to‘rt nafar rossiyalik diplomatni persona non grata deb e’lon qilgan edi.
Bugun kuni “Viyesti” portali Podgoritsada bir necha Chernogoriya fuqarolari Rossiya maxsus xizmatlarida ishlaganlikda gumonlanib hibsga olingani haqida xabar berdi. Aytilishicha, qo‘lga olinganlardan biri davlat ma’muriyati xodimi bo‘lib, u o‘n yildan ortiq “Rossiya maxsus xizmatlarida ishlagan”. Chernogoriya maxsus prokuraturasi hibsga olinganlar haqidagi ma’lumotni rad etib, qidiruvlar o‘tkazilganini tasdiqladi.
Qayd etilishicha, politsiya “jinoiy tashkilot tuzish va josuslikda gumon qilingan” bir qator fuqarolarning xonadonlarida tintuv o‘tkazmoqda.
Keyinchalik Chernogoriya Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Dritan Abazovich mamlakat poytaxtida tintuv va hibsga olishlar o‘tkazilganini tasdiqladi.
LiveBarchasi