“Real” yana Mourinoga qarshi. Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga qura tashlandi
Sport
−
30 yanvar 6181 1 daqiqa
Bugun, 30 yanvar kuni UEFA Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Yevropaning yetakchi klublari 1/8 final bosqichiga chiqish uchun raqiblarini aniqlab oldi.
2025–2026 yilgi Chempionlar ligasi pley-off juftliklari:
- “Borussiya Dortmund” ( Germaniya) – “Atalanta” (Italiya),
- “Olimpiakos” (Gretsiya) – “Bayer” (Germaniya),
- “Bryugge” (Belgiya) – “Atletiko Madrid” (Ispaniya),
- “Galatasaray” (Turkiya) – “Yuventus” (Italiya),
- “Monako” (Fransiya) – “Pari Sen-Jermen” (Fransiya),
- “Qorabog‘” (Ozarbayjon) – “Nyukasl Yunayted” (Angliya),
- “Budyo-Glimt” (Norvegiya) – “Inter” (Italiya),
- “Benfika” (Portugaliya) – “Real Madrid” (Ispaniya).
Pley-off bosqichining dastlabki uchrashuvlari joriy yilning 17-18 fevral kunlari, javob bahslari esa 24-25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Umumiy bosqichda yuqoriroq o‘rinni egallagan jamoalar javob uchrashuvlarini o‘z maydonida o‘tkazadi.
Mazkur bosqich g‘oliblari Chempionlar ligasi 1/8 finaliga yo‘l oladi va u yerda umumiy jadvalda eng yaxshi sakkizta klubga qarshi bahs olib boradi. 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi joriy yilning 27 fevral kuniga belgilangan.