Chempionlar ligasi nimchorak final ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 28 yanvar kuni UEFA Chempionlar ligasining 8-tur uchrashuvlari yakunlandi. Guruh bosqichi yakunlangandan so‘ng nimchorak finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l olgan 8 ta jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

Guruh bosqichi umumiy jadvalida kuchli sakkiztalikka kirib, pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan jamoalar quyidagilar:

  • “Arsenal”
  • “Bavariya”
  • “Liverpul”
  • “Tottenxem”
  • “Barselona”
  • “Chelsi”
  • “Sporting”
  • “Manchester Siti”

8-tur oldidan kuchli sakkiztalikdan o‘rin olib kelayotgan Madridning “Real” jamoasi Portugaliyada “Benfika”ga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va natijada jadvalda 9-o‘ringa tushib ketdi. Joze Mourino boshchiligidagi “Benfika” esa ushbu g‘alaba orqali 24 pog‘onaga ko‘tarilib, pley-off bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Endilikda 9-dan 24-o‘ringacha bo‘lgan jamoalar nimchorak finalga chiqish uchun o‘tish o‘yinida maydonga tushadi.

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi esa o‘z maydonida “Kopengagen”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba evaziga kataloniyaliklar turnir jadvalida 5 pog‘onaga yuqorilab, kuchli sakkiztalikdan joy oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Chempionlar ligasi “Barselona” “Real” pley-off

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing