“Chelsi” yangi darvozabon sotib olishi kutilmoqda
Sport
−
02 fevral 2020 5900 1 daqiqa
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoa darvozabon Kepu Arrisabalaguni almashtirmoqchi. Bu haqda Ispaniyaning “COPE” radiosi xabar bermoqda.
Lempard klub rahbariyatidan yangi darvozabon sotib olishni va u boshqasi bilan ishlamoqchi ekanini ma’lum qildi. Manba Arrisabalaga endi maydonga chiqmasligiga amin.
Angliya Premer-ligasining 25-turida "Lester" bilan o‘yinda Lempard ispaniyalik futbolchini zaxirada qoldirdi. Uning o‘rniga Villi Kaballero darvoza oldida turdi. Uchrashuv 2: 2 hisobida yakunlandi.
Arrisabalaga 2018 yilda 80 million yevro evaziga "Atletik"dan "Chelsi"ga o‘tgan va uning shartnomasi 2025 yil yozida tugaydi. Ushbu mavsumda darvozabon Angliya Premer-ligasining 24 uchrashuvida maydonga tushib, 32 gol o‘tkazib yuborgan.
"Chelsi" 41 ochko to‘plagan holda milliy chempionat jadvalida to‘rtinchi o‘rinda.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr