“Chelsi” yangi darvozabon izlamoqda

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi yangi asosiy darvozabon qidirmoqda. Bu haqda “Evening Standard” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, londonliklar rahbariyati klub darvozabonlari Kepa Arrizabalaga va Eduard Mendiga ishonch bildirmayapti. Qayd etilishicha, Mendi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar to‘xtatilgan.

“Chelsi” yangi darvozabon sifatida “Inter” posboni Andre Onana, Dortmundning “Borussiya” jamoasi a’zosi Gregor Kobel va “Brentford”dan Devid Rey variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, klub “Valensiya” klubining gruziyalik darvozaboni Grigoriy Mamardashvilini ham sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.

“Chelsi” 30 o‘yindan so‘ng 39 ochko bilan APL turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Chelsi” “Inter”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made