“Chelsi” Ukrainadagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi
Sport
−
27 fevral 2022
16255Londonning "Chelsi" klubi Rossiyaning bostirib kirishi natijasida yuzaga kelgan Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha maxsus bayonot bilan chiqdi.
“Ukrainadagi vaziyat dahshatli va halokatli. "Chelsi" barcha ukrainaliklar bilan birga. Klubdagi hamma tinchlik uchun duo qilmoqda”, deyiladi London klubi rasmiy bayonotida.
Avvalroq, klubga egalik qiluvchi rossiyalik milliarder Roman Abramovich "Chelsi" boshqaruvini jamoaning xayriya jamg‘armasi vasiylariga topshirgani xabar qilingan edi.
Shaxboz Qahhorov
LiveBarchasi