“Chelsi” “Sevilya” va “Vest Xem”dan futbolchi sotib olishi mumkin

Sport

image

“Chelsi”ning hozirgi kundagi tarkibi dunyoning har qanday jamoasiga qarshi turishi mumkin. Biroq “aristokratlar” asosiy raqiblari “Liverpul” va “Manchester Siti” bilan raqobatni davom ettirish uchun har doim tarkibni kuchaytirib turishi kerak.

“Chelsi”ning rahbari, rossiyalik milliarder Roman Abramovich ham buni yaxshi anglaydi. Shu sabab, yozgi transfer oynasida jamoasini yanada kuchaytirmoqchi. Roman Abramovich Tomas Tuxelga “Sevilya” himoyachisi  Jyul Kunde va “Vest Xem” yarimhimoyachisi Deklan Raysni sotib olish uchun pul beradi. Aytish joiz-ki, ikki futbolchiga ham xaridor klublar soni juda ko‘p. Ularni sotib olish oson bo‘lmasligi aniq.

Ma’lumot o‘rnida, Jyul Kunde “Sevilya” safida La Liga doirasida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirgan. “Transfermarkt” portali uni 60 million yevroga baholagan.

Deklan Rays “Vest Xem” tarkibida APLda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Unga 75 millionlik narx belgilangan, lekin xaridorlar bundan ko‘p to‘lashga tayyor ekani aytilmoqda.

Oldinroq, “Chelsi”ning “Lester” himoyachisiga qiziqayotgani haqida xabar bergan edik.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

7

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing